O‘zbekistonda bachadon bo‘yni va ko‘krak bezi saratonini erta aniqlash uchun PSR va sitologik tekshiruvdan foydalangan holda skriningdan o‘tkazishni kengaytirish reja qilinmoqda. SSV rahbari Asilbek Xudayarovga ko‘ra, saratonni erta aniqlashning har bir holati uchun bonuslar berish tajribasi muvaffaqiyatli o‘tgan.
O‘zbekistonda har yili 1000 ga yaqin ayolning o‘limiga sabab bo‘ladigan bachadon bo‘yni saratonini erta aniqlashda odam papilloma virusi testini o‘tkazish bo‘yicha sinov loyihasi o‘z samarasini ko‘rsatdi. Bunday skriningni doimiy o‘tkazish dasturi kasallanish va o‘lim darajasini pasaytirishga yordam berishi kutilmoqda.
100% oldini olish mumkin bo‘lgan yagona saraton bu — bachadon bo‘yni saratonidir. Sog‘liqni saqlash vazirligining ushbu infografikasi ayollarga mazkur kasallikdan himoyalanishga yordam beradigan uchta oddiy profilaktika choralarini ko‘rsatadi.
Bachadon bo‘yni saratoni O‘zbekistonda ayollar orasida eng ko‘p uchraydigan saraton kasalligi turi bo‘yicha ikkinchi, mazkur kasallik tufayli o‘lim holatlari bo‘yicha esa uchinchi o‘rinda turadi. U 90% hollarda odam papilloma virusi infeksiyasi bilan boshlanadi. Kasallikni erta tashxis qo‘yish va to‘g‘ri davolash orqali yengib o‘tish mumkin. Ikki viloyatda pilot skrining dasturi ishga tushirilmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bachadon bo‘yni saratonini bartaraf qilishni tezlashtirish bo‘yicha Global strategiyani ishlab chiqdi. Strategiyada taqdim etilgan tavsiyalarni amalga oshirish 2050 yilga kelib kasallanish holatlarini 40 foizga kamaytirishga va 5 million o‘limning oldini olishga imkon yaratadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting